Yangi qurilgan Axborot-resurs markazida “Psixogimnastik mashg’ulotlar” nomli trening o’tkazildi

Psixologik trening, avvalo, shaxs yoki guruhni samarali muloqot malakalariga o‘rgatadi va ulardagi kommunikativ bilimdonlikni oshiradi. Guruhga bo‘lgan munosabatni shakllantiradi. Trening guruhlarda ijtimoiy psixologik muhitni yaxshilash maqsadida o‘tkaziladi.

Samarqand davlat chet tillar instituti psixologi J.Saydullayev, Ingliz tili-I fakultetining tyutorlari L.Hamdamov hamda D.Usmonqulovalar tashabbusi bilan fakultet talabalari ishtirokida ijtimoiy psixologik trening o’tkazildi. Unda institutda olib boriladigan psixologik faoliyatning yo’nalishlari haqida axbarot berildi.

O’tkazilgan “Psixogimnastik mashg’ulotlar” nomli treningdan so’ng talabalarning turli xil qiziqishlari, dars jarayoni va institutga bo‘lgan munosabatini aniqlash borasida so‘rovnoma ham tashkil etildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

☎️ Murojaat uchun:
Telegram | @samdchtijamoasi

Share:
2022-11-12 11:12:28 211