Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidan "Yashil makon" loyihasi doirasida muntazam ravishda bog'larga, ko'cha atroflariga, o'quv binolari hovlilariga muntazam daraxt ko'chatlarini ekish tadbirlari davom ettirilib kelinmoqda.
Bugun, 15-noyabr kuni talabalar turar joyi atrofiga Yurtboshimizning “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ishtirokida 100 ga yaqin daraxt ko’chatlari ekildi.
Ma’lumot o’rnida aytish mumkin, joriy yilning yanvar-mart oylarida Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida o’quv binolari atroflariga, institut hududiga archa ko’chatlari, shuningdek, 1000 dan ortiq mevali va manzarali daraxtlar hamda 5000 mingdan ortiq har xil mavsumiy gullar ekilib, hududlar ko’kalamzorlashtirilgan.


.jpg)
.jpg)

.jpg)


SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
