Bugun, 16-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To'xtasinov institutda faoliyat ko’rsatib kelayotgan tyutorlar bilan uchrashdi. Unda talabalar bo’sh vaqtlarining mazmunli tashkil etilishini ta’minlar va qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish borasida tushunchalar berilishi hamda talabalar bilan birgalikda yangi loyihalarini tashkil qilish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalarning turar joylarini ko'zdan kechirish va holatini o'rganish, bu borada joylarni qizil, sariq, yashil hududlarga ajratish, shuningdek, qizil hududda istiqomat qilayotgan talabalarni yashil hududga ko'chirish hamda imkoniyati cheklangan, sharoiti moddiy jihatdan og'ir talabalarni rag'batlantirish kabilar ham kun tartibidan o'rin oldi.









SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
