Bugun, 24-noyabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutida “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan “Xalqaro fransuz tili o‘qituvchilari kuni” bayrami keng miqiyosida tantanali tarzda tashkil etildi.
Jarayonni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov kirish so’zi bilan ochib berdi va barcha fransuz tili o’qituvchilarni bayram munosabati bilan muborakbod etdi. Tadbirga Samarqand viloyatidagi umumta’lim maktablarida faoliyat olib borayotgan fransuz tili o’qituvchilari ham taklif etildi.
Shuningdek, institut talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, milliy hamda fransuzcha kuy-qo’shiqlar tomoshabin mehmonlarga namoyish etildi. Tadbir so’ngida faransuz tili o’qituvchilari qimmatbaho sovg’alar hamda faxriy yorliqlari bilan taqdirlanishdi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
