Fransiya-Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari II forumi boshlandi

Fransiya poytaxtida 500 ga yaqin rektorlar, ilmiy doira vakillari va professorlarni jamlagan “Campus France–2022” hamda Fransiya-Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari II forumining ochilish marosimi boʻlib oʻtmoqda.

Tadbirda so’zga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulov uchrashuv har ikkala tomon uchun ham gʻoyat muhim va ahamiyatli ekani, oʻz navbatida, ikki davlat oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik yildan yilga kengayib, mustahkamlanib borayotganini alohida taʼkidladi.

"Ushbu forum universitetlararo yangi toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar bogʻlash, kadrlar tayyorlash, taʼlim va ilm-fan sohalarida olib borilayotgan jarayonlar borasida fikr-mulohaza va tajriba almashishga xizmat qiladi, – dedi Abduqodir Toshqulov.

Forum ishida universitetlararo ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirish boʻyicha samarali munozara, tajriba almashish va istiqbolli rejalar muhokama qilindi.

Jumladan, Forumning yalpi majlisida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ham “Fransiya-O‘zbekiston hamkorligi: loyihalarning negizi va ularning muvaffaqiyati" mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-11-28 18:33:29 219