Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.
Jumladan, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Italiyaning Siena universiteti o'rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan ushbu universitetdan italyan tili mutaxassisi janob Andrea Gallo institutda faoliyat olib borish uchun taklif etildi.
Ma'lumot uchun, hozirda Samarqand davlat chet tillar institutida 20 nafar xorijlik malakali mutaxassislar uzoq muddatli shartnoma asosida samarali faoliyat olib borishmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
