Bugungi kunda jamoatchilikni tashvishga solayotgan muammolardan biri – OITS

1-dekabr kuni butun dunyoda OITSga qarshi kurash xalqaro kuni sifatida nishonlanadi, shu kun doirasida maqsadli turli tadbirlar o‘tkaziladi. Bu sanada OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalariga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsad qilinadi.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar institutida ham muntazam qator tadbir va davra suhbatlari o’tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi davra suhbati institutning Ingliz tili-I fakultetida tashkil etilib, unga viloyat OITSga qarshi kurashish markazidan mutaxassisi G.Yoqubova, Samarqand davlat tibbiyot universitetidan Sh.Mamasoliyeva hamda institut salomatlik maslahat markazi vrachi Y.Sattarovalar mutaxassis sifatida jalb etildi.

Voyaga yetmagan bolalar va yoshlar orasida sog’lom hayot tarzini ilgari surish orqali OIV kasalligining oldini olish, OITS bilan og‘riganlarni qo‘llab-quvvatlash, xastalik alomatlari, undan saqlanish bo‘yicha ogohlikni oshirish masalalari, OIV va OITSning qanday kasallik ekanligi, ularni yuqtirish sabablari va oldini olish haqida batafsil tavsilotlar berildi. Jarayon qiziqarli savol-javoblar bilan yakunlandi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-13 16:48:08 689