Rektor va talabalar o’rtasida tashkil etilgan ochiq muloqotda yashil toifada faoliyat ko'rsatayotgan guruh sardorlariga stipendiyasining 50 foiz miqdorigacha qo'shimcha ustamalar berilishi ma'lum qilindi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida Roman-german tillari fakultetida tahsil oluvchi talabalar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va talabalarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, turli xil fan olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rishlari borasida takliflarini bildirib o’tdi. So’ngra “Rektorga savolim bor” loyihasi doirasida savol-javob jarayoni davom etdi.

Jarayon doirasida talabalarga o’z fikr hamda takliflari bo’lsa, “Rektor bilan ochiq muloqot” deb nomlangan telegram guruhiga yozilishi yoki dekanat vakillariga murojaat qilishlari ham ta’kidlandi.

Shuningdek, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketayotgan har xil norasmiy guruhlarga qo’shilib ketmaslik, ta’lim jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish hamda ta’limni sifatli davom ettirish, chin yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga, albatta, ko’mak berilishi ma’lum qilindi. Jarayon so'ngida yashil toifada faoliyat ko'rsatayotgan guruh sardorlariga stipendiyasining 50 foiz miqdorigacha oylik maoshlari berilishi ma'lum qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-13 18:03:21 286