Ilk bor talabalar o‘rtasida o'tkazilgan intellektual "Zakovat" olimpiadasi yakuniga yetdi

Intellektual olimpiadaning jami sovrin jamg‘armasi 900 million so‘mni tashkil etdi. Bundan tashqari g‘olib bo‘lgan 3 ta jamoa talabalari tahsil oladigan oliy ta’lim muassasalariga Prezident sovg‘asi topshirildi.

Intellektual olimpiada Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, «Zakovat intellektual klubi» NNT, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazildi.  Jarayonda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari jamoasi ham faol ishtirok etib qaytishdi. Biz institut jamoasiga kelgusida bundan ham yuqori natijalarga erishishiga tilakdoshmiz va doimo qo'llab-quvvatlaymiz. 

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-19 17:37:32 115