Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi faoliyat boshladi

Institut ilmiy kengash xonasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-sonli qarorida belgilangan “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil etish” tamoyillarini amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha viloyat XTB xorijiy tillar metodistlari hamda institut o’quv ishlari bo’yicha prorektori F.Ro’ziqulov, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi vakili E.G’aniyev, Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi direktori R.Asadov hamda markaz katta ilmiy xodimi U.Yarbekovlar ishtirokida yig’lish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda institutimizda xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan ixtisoslashgan ta’lim tashkilotlari reestriga kiritilgan “Malaka oshirish va qayta tayyorlash markazi” tashkil etilib, oʻqituvchilarda erkin va kreativ fikrlashni, jamoada ishlash hamda muloqot koʻnikmalarini shakllantiradigan pedagoglarni kasbiy malakasini oshirish masalasi muxokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-26 20:31:15 226