Janubiy Koreya oliygohlari bilan hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Janubiy Koreya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Shu munosabat bilan bugun, 29-dekabr kuni Janubiy Koreyaning "Kyung Hee Cyber University" universiteti Koreys tili Markazi direktori Jin Suk Su boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurdi. Tomonlar o’rtasida tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda hamkorlikda koreys tili bilimini baholash bo'yicha TOPIK testlarini tashkil etish borasida o’zaro muzokara olib borildi. Jumladan, kelgusida o'zaro hamkorlik Memorandumini imzolash hamda "Koreys tilini o'qitish bo'yicha maxsus onlayn platformani Samarqand davlat chet tillar institutiga taqdim etishga kelishildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2022-12-29 17:11:17 349