Аziz va qadrdon vatandoshlar, barchangizni yangi yil bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklayman!

 

Begʼubor yurtimizga yangi – 2023-yil kirib kelmoqda. Siz, muhtaram otaxon va onaxonlar, mehribon opa-singillarimiz, navqiron yoshlarimiz, butun xalqimizni yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va quvonch tilayman.

Yakunlab borayotgan 2022-yilda yurtimiz hayotida yaxshi kunlar, ulkan yutuq va marralar koʼp boʼldi. Shu bilan birga, boshimizga ogʼir tashvish va sinovlar ham tushdi. Lekin bu sinovlar el-yurtimizni yanada birlashtirdi. Mard xalqimizning matonati tufayli biz bu sinovlardan ham munosib oʼtdik.

Oxirlab borayotgan yil, avvalo, mustaqil Vatanimiz 31 yoshga toʼlgan yil sifatida tariximizda oʼchmas iz qoldirmoqda. Bir soʼz bilan aytganda, oʼtib borayotgan yildan rozi boʼlib, har qancha shukrona aytsak arziydi.

Yangi yilda oldmizga qoʼyilgan dasturiy vazifalarni amalga oshirishda barchamizning, bir jamoa, bir jon-u bir tan boʼlib, astoydil mehnat qilishlariga ishonaman.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot, oʼzaro hurmat va mexr-oqibatni mustahkamlash bundan buyon ham asosiy vazifamiz boʼlib qolsin. Bu yilda ushalmagan eng ezgu orzu-niyatlarimizga kelayotgan yangi yilda erishaylik! Har doim martabangiz bundan-da ulugʼ boʼlsin, doimo oilangizdan mexr-oqibat, baxt-saodat arimasin.

Kelayotgan yangi yil oilalarimizga baxt, omad, tinchlik, xotirjamlik olib kelsin! Yana bir bor yangi yil bayramingiz muborak boʼlsin!

Ilhomjon Toʼxtasinov,

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori, professor.

Share:
2022-12-30 20:52:34 144