Yangi Oʼzbekistonda amalga oshiralayotgan maʼmuriy islohotlarni institut jamoasiga yetkazishda joriy yil 6-yanvar kuni institut yuriskonsulti Sh.Toshquvvatov tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoni hamda “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorlari yuzasidan huquqiy targʼibot tadbiri oʼtkazildi.
Tadbirda, Yangi Oʼzbekistonda maʼmuriy islohotlarni poydevorini qurishga asos boʼlgan normativ-huquqiy hujjatlarga va Prezident Murojaatnomasiga toʼxtalib oʼtildi. Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-sentyabrdagi “Oʼzbekiston Respublikasida maʼmuriy islohotlar konseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-5185-son Farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-60-son Farmoni, 2022-yil 20-dekabrdagi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga Murojaatnomasida maʼmuriy islohotlar toʼgʼrisida institut rahbar va xodimlariga atroflicha tushuntirish berib oʼtildi.
Shundan soʼng, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida"gi Farmoni hamda “Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlari doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori mazmun mohiyatini va ahamiyatini ishtirokchilarga yetkazdi.
Jumladan, Prezident Farmonida qoʼyilgan maqsadga toʼxtalib, Yangi Oʼzbekiston sharoitida zamonaviy talablarga javob beradigan ixcham davlat boshqaruvi tizimini shakllantirish, qaror qabul qilish va masalani koʼrib chiqish jarayonlarini sodallashtirish orqali davlat organlari rahbarlarining masʼuliyatini oshirish hamda ular faoliyatini natijadorlikka yoʼnaltirish, shuningdek, Yangi Oʼzbekiston maʼmuriy islohotlar dasturi ijrosini taʼminlashga qaratilganligini taʼkidlab oʼtdi.
Prezident Farmonida belgilangan vazifalarga toʼxtalib, har bir ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan tegishli sohani rivojlantirish yuzasidan oʼrta muddatli dastur ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini, belgilangan vazifalar, ularning ijrosi, ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarning masʼulligi, huquqlari, vakolatlari, majburiyatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
