Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari va o'qituvchi-xodimlari uchun

2023-yil mart oyida bir guruh xorijlik talabalar uchun institutda maxsus kurs (yozgi maktab) tashkil etiladi.

Ushbu talabalar Samarqand shahrida bir oy davomida mahalliy oilalar bilan yashashi rejalashtirilgan. Bundan maqsad xorijlik talabalar nafaqat bizning tilimizni, balki milliy urf-odatlarimizni, madaniyatimizni va bugungi kundalik hayotimizni o'rganishadi.

Talabalar 2/3 mart kuni kelib, 28/30 mart kuni qaytib ketishi belgilangan. Ushbu xorijlik talabalardan birini yoki bir nechtasini o'z olishingiz bag‘riga olishingiz mumkin.

Ushbu talabalar asosan germaniyaliklar bo'lib, nemis va ingliz tilida so'zlashadi. Bu esa sizga, farzandingizga nemis yoki ingliz tilida o'g‘zaki nutqini rivojlantirish uchun imkoniyatdir.

Sizdan talab qilinadi: 
➡️ Talabaga shaharda yurishiga ko'mak berish, zarur bo'lsa tushdan so'ng bo'sh vaqtlarida hamrohlik qilish. Shuningdek, ular haftada 5 kun institutga kelib ketishi kerak.

➡️ Siz uyingizda oshxona, WC va boshqalardan birgalikda foydalanishingiz mumkin. Ammo xorijlik talaba uchun uyingizdan alohida xona ajratishingiz kerak va yashashi hamda dars qilishi uchun sharoit yaratishingiz kerak.

Murojaat uchun:
Institutning xalqaro hamkorlik bo'limi
Tel: +998662382952 +998979198701

Share:
2023-01-21 08:34:09 136