Bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati o’tkazildi

Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakulteti bitiruvchi bosqich talabalari hamda institut rahbariyati mutasaddilari o’rtasida ochiq davra suhabti bo‘lib o‘tdi. 

Jarayon davomida bitiruvchi bosqich talabalariga bo‘sh vaqtlarida mazmunli, samarali hamda ilmiy ishlar ishlar bilan shug‘ullanishlari kerakligi ta’kidlab o’tildi.

Shuningdek, o‘quv jarayonida muntazam ishtirok etishlari, yakuniy davlat attestatsiya sinovlariga mukammal tayyorgarlik ko‘rish kerakligi, oliy dargohni tamomlagunga qadar xalqaro va milliy til bilish darajasini aniqlovchi sertifikatga ega bo’lish lozimligi bildirildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-01-26 13:32:26 105