Bugun, 26-yanvar kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi, ya’ni 6-sonli yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan murojaatlar bilan ishlashning ahvoli kabilar muhokama qilindi.
2022/2023 o‘quv yilida “HEMIS” axborot-boshqaruv tizimida o‘quv jarayonining joriy etilish holati va amalga oshirilgan ishlar, institutda tyutorlar faoliyati, shuningdek, respublika va institutda chop etilayotgan ilmiy va o‘quv-uslubiy nashrlarning sifati hamda bu sohani takomillashtirish borasidagi amalga oshirilgan ishlar ham shular jumlasidandir.







SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
