Ispaniyalik ispan tili mutaxassisi institutda faoliyat boshladi

Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Shu munosabat bilan, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Ispaniyaning Kadis universiteti hamkorligi doirasida ispaniyalik ispan tili o’qituvchisi dotsent Xuan Ignaisio Toro Eskudero institutda faoliyat olib borish uchun jalb etildi. Bugun, 7-fevral kuni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov va xorijlik mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-07 19:29:14 339