Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.
Institutning Qo’shma ta’lim dasturlari fakulteti o’quv jarayonlariga jalb etilgan Belgorod milliy tadqiqot universiteti dotsenti Droga Marina Anatolevna xonim bugun fakultetda tahsil oluvchi talabalar ishtirokida seminar co'tkazdi.
Bundan bir necha kun oldin institut rektori va mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinilib, amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar yuritilgan edi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
