Samarqand davlat chet tillar institutida yangi yil shukuhi

Yurtimizning har bir go‘shasida kirib kelayotgan yangi yil bayramiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Shahrimiz ko‘chalari, inshoot va binolar bayramona tus olib ulgurdi. Hammayoq bolalar ko‘zini quvnatuvchi turfa chiroqlaru, jimjimador ramzlar bilan bezatilmoqda.

Samarqand davlat chet tillar institutida ham mana shunday yangi yil kayfiyati avjda davom etmoqda. Tayyorgarlik ishlar deyarli tugatildi. Institut binolari har tomondan rang-barang chiroqlar, katta-yu kichik archa va jonivarlarni ifodalovchi rangli tasvirlar bilan bezatildi.

SamDChTI rektori I.M.Tuxtasinov yangi yil bayramini xavf-xatarsiz, ko‘ngildagidek o‘tkazish borasida mas'ul xodimlarga ko‘rilayotgan chora-tadbirlar xususida atroflicha ko‘rsatmalar berdi.

Share:
2018-12-21 12:05:00 92