Bugungi kunda ta’lim sifatini yanada oshirish va xalqaro doirada yurtimiz yoshlarining munosib o‘rnini belgilash, shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarini tizimli yo‘lga qo‘yish borasida yurtboshimiz tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Bu borada Samarqand davlat chet tillar institutida ham ta’lim sifatini yanada yaxshilash va talabalarga barcha mos qulayliklarni yaratib berish borasida keng miqiyosida qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari davom etib kelmoqda.
Shu munisabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov institutda olib borilayotgan qurilish va qayta ta’mirdan chiqarish ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdi.
Ma’lumot sifatida aytib o’tish joiz, hozirda institutda mukammal qayta ta’mirdan chiqarish ishlari deyarli yakunlangan 1000 o’rinli hamda qurilish ishlari davom ettirilayotgan 1500 o’rinli o’quv binolarida ham ishlar qizg’in davom etmoqda.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
