Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti o’rtasida hamkorlik aloqalari rivojlanadi

Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Yaponiya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.

Bugun, 18-fevral kuni Yaponiyaning Aichi prefekturasi universiteti prorektori janob Hiroaki Kavabata boshchiligidagi o'qituvchilar va talabalaridan iborat delegatsiya a'zolari Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi. Jarayon doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda Aichi prefekturasi universiteti prorektori janob Hiroaki Kavabatalar o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o’rtasida talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, ilmiy-tadqiqot va turli xil innovatsion loyihalarda qatnashish hamda hamkorlikni rivojlantirish kabilar amalga oshirilishi borasida muzokaralar olib borildi. Undan so'ng institut Sharq tillari fakulteti yapon tili yo'nalishi o'qituvchilari va talabalari ishtirokida seminar-trening mashg'ulotlari o’tkazildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-02-18 17:37:13 297