Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Ispaniya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu jumladan, joriy yilning 21-fevral kuni Ispaniyaning Kadis universitetidan fan doktori Fransisko Xaviyer Ortola Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi va institut rektori, professor Ilhomjon To’xtasinov bilan uchrashuv o’tkazdi.
Unda Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar borasida fikr-mulohazalar almashinildi. Shuningdek, tomonlar o’rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va professor-o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, ularning tajribasini oshirish, jumladan, ispan tilini o’qitish tizimini yanada chuqurlashtirish yuzasidan takliflar ko’rib chiqildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
