Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminister universiteti prorektori doktor Mishel Klerk va talabalarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha mas’ul Ra’no To‘rayevalar Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi va institutda tahsil oluvchi talabalar bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda asosan institutning bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etishdi. Jarayon davomida Xalqaro Vestminister universitetining bakalavriat va magistratura bosqichiga kirish talablari, ta’lim olish jarayonlari, universitetda yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida mas’ullar tomonidan ma’lumot berildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
