Bugun, 1-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida institutga o'qishga qabul qilingan magistrantlar bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va magistrantlarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, ilmiy ish bilan shug'ullanish borasida takliflarini bildirib o’tdi. So’ngra “Rektorga savolim bor” loyihasi doirasida savol-javob jarayoni davom etdi.
Shuningdek, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketayotgan har xil norasmiy guruhlarga qo’shilib ketmaslik, ta’lim jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish hamda ta’limni sifatli davom ettirish kabilar yuzasidan fikr-mulohazalar almashinildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
