Qator yutuqlarga erishgan professor-o’qituvchilar va talabalar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanishdi

Bugun, 2-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi, ya’ni 6-sonli yig‘ilishi bo’lib o’tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hay’ati yig‘ilishi qarorlari va buyruqlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi kabilar muhokama qilindi.

2022/2023 o‘quv yilida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqbolda turgan rejalar Kengash a’zolari tomonidan ko’rib chiqildi va bu borada taklif hamda fikrlar almashinildi. Jarayon davomida qator yutuqlarga erishgan professor-o’qituvchilar va talabalar diplom hamda qimmatbaho sovg’alar, shuningdek, kompyuterlar bilan taqdirlanishdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-03-02 20:19:59 182