Fransiya grantlari to’g’risida taqdimot o’tkazildi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasini tomonidan 2023-yil mart oyida “Campus France” agentligi vakili Sipriyan Lyoruaning Toshkent, Samarqand va Buxoro viloyatlarida bo’lishi belgilangan.

Sipriyan Lyoruaning ushbu viloyatlarda bo'lishidan asosiy maqsadi – Fransiya oliy ta’limi va grantlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazishdir. Shu munosabat bilan bugun, 9-mart kuni institutning Roman-german tillari fakultetida fransuz tili yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun Fransiya oliy ta’limi va grantlari to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

Unda “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchilari ham qatnashishdi. Taqdimot so’ngida “Campus France” agentligi vakili Sipriyan Lyorua talabalar bilan jonli suhbat tashkil etib, ularni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-09 18:22:39 182