Xitoy Xalq Respublikasining Butunxitoy tinchlik va qurolsizlanish Assotsiatsiasi (jamoatchilik) bosh kotibi o'rinbosari Chen Xiaohan xonim boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo’lishdi.
Delegatsiya a’zolari Samarqand davlat chet tillar instituti qoshidagi Konfutsiy Instituti faoliyati bilan batafsil tanishtirildi. Institutda xitoy tilini o’rganayotgan tinglovchilar va talabalar bilan xitoy tilida suhbatlashdi va talabalarning til bilimlariga yuqori baho berishdi.
Shuningdek, Konfutsiy Instituti direktori Sh.Safarov, Samarqand davlat chet tillar instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori Sh.Ashurov hamda xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i B.Berdialiyevlar ishtirokida delegatsiya vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda Konfutsiy Institutida tashkil etilayotgan til kurslari, til darajasini aniqlovchi va HSK sertifikati uchun testlarni tashkil etish borasida fikr almashinilidi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
