Talabalarning bilim darajasini oshirish, o'zlashtirish samaradorligini yanada yaxshilash borasida uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugungi kunda, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilariga katta e'tibor qaratilmoqda. Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti Ingliz tili-I fakultetida bitiruvchilarning xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha xalqaro tan olingan sertifikat olishlarini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, bugun, 16-mart sanasida bitiruvchilarning ota-onalari hamda institut mas'ullari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Institut o'quv ishlari bo'yicha prorektori Fazliddin Ro'ziqulov ota-onalarga oliy ta'lim tizimi, bitiruvchilarning xorijiy tilni bilish darajasi bo'yicha sertifikatga ega bo'lishlari haqida atroflicha ma'lumot berdi. Talabalarning bilim darajasini oshirish, o'zlashtirish samaradorligiga erishish juda muhim ekanligi ta'kidlab o'tildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-16 19:55:24 124