“Bahorgi Universitet” o’quv dasturi asosida fransuz tilining o’qitilishi yanada rivojlantiriladi

Joriy yilning 19-26 mart kunlari Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Fransiyaning Puatye Universiteti hamkorligida institut “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari hamda Pokiston Respublikasidan tashrif buyurgan fransuz tili o’qituvchilari uchun “Bahorgi Universitet” o’quv dasturi doirasida o’quv-metadologik seminarlar tashkil qilinadi. Bugun, 20-mart kuni, “Bahorgi universitet” dasturining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Seminar-treninglar Fransiyaning Puatye Universeteti professor-o’qituvchilari tomonidan olib boriladi. Bir hafta davomida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan seminarlar davomida fransuz tili o’qituvchilari fransuz tilini xorijiy til sifatida o’qitishning zamonaviy interfaol yo’nalishlari va uslublari yuzasidan amaliy bilim va malakalarini oshirishlari mumkin bo’ladi. Ushbu dastur davomida xorijlik mehmonlar Samarqand shahrida joylashgan tarixiy obidalarga tashrif buyurishlari bilan bir qatorda 21-mart – Navro’z bayramini Buxora shahrida o’tkazishlari belgilangan.

Ushbu seminarlardan maqsad fransuz tilini o’qitishning mamlakatimizda, shuningdek, Markaziy Osiyoda taraqqiy etishiga hissa qo’shish hamda fransuz tili o’qituvchilarining kasbiy kompetensiyalarini bugungi zamon talablari asosida rivojlantirishdan iborat.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-20 20:25:06 165