Bugun, 20-mart kuni Samarqand davlat chet tillar instituti Qozog'iston, Qirg'iziston va respublikamizning turli universitetlardan tashrif buyurgan 63 nafar fransuz tili o'qituvchilarini qabul qildi. Ushbu o'qituvchilar uchun Erasmus+ dasturi loyihasi doirasida Fransiyaning Puatye universiteti professorlari tomonidan seminarlar haftaligi tashkil etilmoqda.
Seminarlar haftaligi ochilish marosimida Fransiyaning O'zbekistondagi elchixonasi attashesi janob Serji Bellini hamda Puatye universitetining xalqaro aloqalar bo'yicha prorektori Christine Fernandez ham ishtirok etishdi.
Shuningdek, attashe Serji Bellini hamda prorektori Christine Fernandez bilan tashkil etilgan rasmiy uchrashuvda ta'lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida muzokara o'tkazildi. Muzokaralar natijasida oliy ta'limdan keyingi ta'limni isloh qilish yuzasidan hamkorlik loyihasini amalga oshirish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Bundan tashqari uchrashuvda umumta'lim maktablarida ikkinchi chet tili sifatida fransuz tilini o'qitish borasida hamkorlik qilishga kelishildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
