Magistrlarimiz Buyuk Britaniyaning Aston Universitetida tahsil olmoqda

Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti o’rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan institutning 4 nafar magistr talabasi Aston Universitetida talabalar almashinuv dasturi doirasida tahsil olmoqda.
Magistrlar u yerda tahsil olish bilan bir qatorda pedagogik mahoratlarini oshirish maqsadida sinov darslari ham tashkil etishmoqda. Institut professor-o’qituvchilari va talabalarining xorijiy oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlari, stajirovka o’tashlari va ta’lim olishlari ta’lim sifatining oshishi, xalqaro ilg’or tajribani joriy etish hamda ta’lim jarayonini xalqarolashtirishda muhim omil hisoblanadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2023-03-23 16:06:01 198