Rektor va talabalar o’rtasidagi ochiq muloqot muntazam davom etmoqda

Xabaringiz bor, mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash, ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida qator vazifalar belgilab berilgan.

Shu munosabat bilan Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida Narpay Xorijiy tillar fakultetida tahsil oluvchi talabalar, ya'ni guruh sardorlari  bilan ochiq muloqot uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvni institut rektori kirish so’zi bilan ochib berdi va talabalarga bo’sh vaqtlarida foydali ishlar bilan shug’ullanishi, olimpiadalarga tayyorgarlik ko’rishlari borasida takliflarini bildirib o’tdi. So’ngra “Rektorga savolim bor” loyihasi doirasida savol-javob jarayoni davom etdi.

Jarayon doirasida talabalarga o’z fikr hamda takliflari bo’lsa, “Rektor bilan ochiq muloqot” deb nomlangan telegram guruhiga yozilishi yoki dekanat vakillariga murojaat qilishlari ham ta’kidlandi.

Shuningdek, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashib ketayotgan har xil norasmiy guruhlarga qo’shilib ketmaslik, ta’lim jarayonlariga tayyorgarlik ko’rish hamda ta’limni sifatli davom ettirish, chin yetim va ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarga, albatta, ko’mak berilishi ma’lum qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-03-24 16:39:08 151