“O’zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi

Bugun, Samarqand davlat chet tillar institutida Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari bilan hamkorlikda jaholatga qarshi ma’rifat g’oyasi asosida “O’zbekiston – buyuk allomalar yurti” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda talabalar, o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar uchun mas’ul bo’lgan xodimlar ishtirok etishdi. Jarayonda ma’rifatparvar ulamolarning avlodlarga qoldirgan meroslari, hayoti hamda ular tomonidan yaratilgan adabiyotlar haqida so’z yuritildi.

Mamlakatimizda buyuk mutafakkirlarimiz nomiga atab bunyod etilayotgan ma’rifat markazlari, ularda o’qitilayotgan adabiyotlar hamda o’rganilayotgan manbalar ham shular jumlasidandir.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

Share:
2023-03-30 18:09:11 235