Joriy yilning 30-mart kuni Samarqand shahrida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili Feruza Eshmatova ishtirokida “Konstitutsiya – inson huquqlari ustuvorligi” mavzusida xalqaro uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda yangilangan Konstitutsiya loyihasiga xalqimizdan 220 mingdan ortiq takliflar bildirilganligi, Konstitutsiyaning avvalgiga nisbatan 65 foizga yangilanganligi hamda Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi oldingidan 3 barobarga ortganligi alohida ta’kidlandi.
Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish davomida jami 190 dan ortiq davlatlarning Konstitutsiyalari hamda xalqaro miqiyosdagi hujjatlar o’rganilib chiqilganligi ham shular jumlasidan ekanligi bildirildi.
Yangilangan Konstitutsiya loyihasida asosan inson huquqlarining ta’minlanishiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, uning fundamental asoslari ham belgilab berilgan. Bunga misol qilib, 27-, 28- hamda 98-moddalar sharhlanib, ko’rsatildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
