Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Samarqand davlat chet tillar institutida "Talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlar, ya’ni terrorizm, diniy aqidaparastlik, missionerlik, "ommaviy madaniyat", shuningdek, odam savdosi va kiberxavfsizlik jinoyatiga qarshi kurash" mavzusida talabalarga tushuncha hamda ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, jarayon davomida internetda har xil tarmoqlarga ulanib qolib, plastic kartalaridagi mablag’laridan ajralib qolayotganlar hamda turli xil firibgarlik ko’payib ketganligi haqida axborot berildi. Jumladan, Telegram messenjeri orqali turli kanal va guruhlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ko‘rinishidan foydalanib, tarqatilayotgan yolg’on xabarlar va O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroga 650.000 so‘mdan pul beriladi" mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmaslik kerakligi uqtirildi.
Jarayon davomida dunyoda odam savdosining avj olib borayotganligi hamda bunday illatlardan doimo ogoh bo’lish lozimligi ta’kidlandi. Agarda yuqorida aytib o’tilgan holatdan biriga uchragan fuqarolar bo’lsa, kerakli manzillarga murojaat qilishlari aytildi. Suhbat so’ngi qizg’in savol-javoblar bilan yakunlandi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
