SamDChTI akademik litseyi o‘quvchilarining harbiy qismga uyushtirgan sayohat darsi

Joriy yilning 27-dekabr kuni SamDChTI akademik litseyi harbiy ta’lim rahbari mayor S.Bobomurodov boshchiligida litseyning 107-guruh o‘quvchilari № 13060 sonli harbiy qismga sayohat darsi uyushtirishdi.

O‘quvchilar harbiy qism saf maydonida tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy texnikalari, qurol-yarog‘lari bilan yaqindan tanishishdi. Jumladan, harbiy qism ofitserlari quruqlikdagi qo‘shinlarning o‘qotar qurollari, artilleriya qo‘shinlarining zirxli texnikalari, yirik kalibrli qurollarining texnik harakteristikalari to‘g‘risida tushuncha berib o‘tishdi.

Harbiy qism zobitlari o‘quvchilarning savollariga batafsil javob berishdi. Uyushtirilgan tadbir o‘quvchilarda Vatanga bo‘lgan mehr, Qurolli Kuchlarimizga muhabbat hamda yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirdi.

Share:
2018-12-27 17:40:00 90