Samarqand davlat chet tillar institutida yana bir guruh xorijlik talabalar uchun o'zbek tili va madaniyatini o'rgatish bo’yicha xalqaro "Bahorgi maktab" boshlandi

O'zbek tilining xalqaro doiradagi nufuzini oshirish hamda mamlakatimizga turistlar oqimini ko'paytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida bugun 3-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida Germaniyaning turli universitetlaridan tashrif buyurgan 22 nafar talabalar uchun navbatdagi dastur boshlandi.

Germaniyalik talabalarga 10 kun davomida Samarqand davlat chet tillar instituti o'qituvchilari o'zbek tili darslarini o'tishadi hamda O'zbekiston tarixi, milliy urf-odatlarimiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti kabi mavzularda ma'ruzalar qilishadi. Shuningdek, Samarqand va Buhoro shaharlaridagi tarixiy maskanlar va muzeylarga sayohatlar tashkil etiladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-03 20:24:59 199