Koreyalik koreys tili o'qituvchisi Samarqand davlat chet tillar institutida faoliyat boshladi

Xorijlik malakali mutaxassislarning sonini yanada oshirishda xorijiy davlatlarning O'zbekistondagi elchixonasi hamda turli xalqaro ta'lim tashkilotlar bilan ham hamkorlik aloqalari davom ettirilmoqda. Xabaringiz bo’lganidek, ta'lim sifatini yanada oshirish maqsadida o'quv jarayoniga xorijlik malakali mutaxassislar muntazam jalb etilib kelinmoqda.

Shuningdek, Koreya Respublikasining Chongshin universiteti bitiruvchisi Lee Hajong Samarqand davlat chet tillar institutining Sharq tillari fakultetida faoliyat olib borish maqsasida xorijlik malakali mutaxassis sifatida jalb etildi. Lee Hajong joriy o'quv yili yakuniga qadar institut talabalariga koreys tilidan saboq beradi. Bugun, 4-aprel kuni institut rektori Ilhomjon To’xtasinov va xorijlik mutaxassis o’rtasida o’tkazilgan uchrashuvda talabalarni o'qitish borasida o'zaro fikrlar, takliflar almashinildi. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlar bo’yicha mulohazalar olib borildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-04 20:03:39 341