Amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Bugun, 4-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutida rahbariyat vakillari, bo’lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda kafedra mudirlari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Unda qabul qilingan hujjatlar ijrosining ahvoli, buyruq va topshiriqlar, hay’at qarori ijrosi, o‘quv jarayonining borishi, darslarning o‘tilishi, davomat masalalari, maktablar bilan ishlash, karyera kunlarini belgilash va bitiruvchilar bilan ishlashning holati kabi masalalar muhokama qilindi.

Qurilish dasturiga asosan institut binolarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ta’mirlash, rekonstruksiya ishlariga tayyorgarlik, 2023-yilda tashabbusli budjet loyihasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda 2023-yilda xalqaro va respublika miqiyosida o‘tkaziladigan anjumanlarga tayyorgarlik ko‘rish kabilar ham shular jumlasidan.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-04-04 20:36:33 193