2017-yil 27-dekabr kuni Samarqand davlat chet tillar institutining 4-5 qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bunda yangi yildagi vazifalar belgilab olindi. Institut professor-o‘qituvchilariga yangi yil sovg‘alari ulashildi. Kengash yig‘ilishida ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanayotgan doktorantlarga institut rektori I.M.Tuxtasinov tomonidan esdalik sovg‘alar berildi.
Bundan tashqari, J.Nasrullayev “Navoiy stipendiyasi” va X.Fayzullayev “Islom Karimov stipendiyasi” sohiblari bo‘lganliklari uchun taqdirlandi. Institut rektorining 2-noyabr 735-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida “Yil innovatsiyasi” ko‘rik tanlovi o‘tkazilgan edi. Ko‘rik tanlovning yakuniy bosqich g‘oliblariga diplom va pul mukofotlari berildi. Shuningdek, SamdChTI ekademik litseyining iqtidorli o‘quvchilari uchun institut rektori tomonidan “Rektor stipendiyasi” joriy qilindi.
B.H.Rizayev, M.M.Mahmudovalar professor lavozimiga, U.U.Usmonov dotsent lavozimiga, S.S.Doliyev, R.A.Shukurovalar katta o‘qituvchi lavozimiga, N.S.Kobilova, M.B.Akobirova, N.M.Shamuradova, Sh.A.Rustamova, T.S.Nasrullayeva, N.O.Kushakovalar assistent-o‘qituvchi lavozimiga yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanishdi.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain







