Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Fransiya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabat bilan, Fransiyaning Puatye universiteti Ilmiy tadqiqot maktabi direktori Charlotte Krauss va ushbu universitetning Adabiyot va tilshunoslik fakulteti dekani Helene Yechelar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Unda tomonlar o’rtasida o'zaro o'qituvchilar va talabalar almashinivini kengaytirish, Puatye universiteti talabalarining Samarqand davlat chet tillar institutida amaliyotlarini tashkil etishga kabi masalalar yuzasidan fikr almashinildi. Uchrashuvdan so’ng professor-o’qituvchilar va talabala-yoshlar hamda ilmiy izlanuvchilar ishtirokida seminar tashkil etildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
