Charos Abduvaliyevna yilning eng yaxshi ilmiy maqolasi sohibasi

Ayollarning dunyoga baxsh etib turayotgan nafosati adabiyotshunoslikka ham o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Adibalarning har qanday mavzuda yuritayotgan qalamlari to‘xtovsiz hayot chizg‘ilarini aks ettiradi. Aynan meni ham yozuvchi ayollarning ijodiga bo‘lgan qiziqishimning uyg‘onishiga asosiy sabablardan biri har bir yozgan so‘zlari qalban bo’lsa ham, dolzarb muammolarni qamrab olishidir. Yozgan maqolalarim ayollar adabiyoti va adabiyotshunosligiga bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu sohaning kelib chiqishiga turtki bo‘lgan asosiy omillarni o‘rganish jarayonidaman. Hozirgi kunda asosan ingliz adibalarining ijodini kuzatmoqdaman va kelajakdagi maqsadim o‘zbek adabiyotshunosligiga o‘z hissalarini qo‘shgan yozuvchi ayollarimizning adabiyotga bo‘lgan ta’sirini kuzatish bilan bir qatorda ushbu soha vakillarini kengaytirish uchun ularni chorlashdir – deb o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Charos Abduvaliyevna.

Share:
2018-12-28 17:00:00 91