Toshkent va Samarqand shaharlarida joriy yilning 26-aprel kuni O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokida xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida ta'lim Forumi o’tkazildi.
Unda tomonlar o’rtasida turli xil innovatsion loyihalarni yo’lga qo’yish, hamkorlikda professor-o’qituvchilar hamda talabalarning tajribasini oshirish, oliygohlar o’rtasida xalqaro aloqalarni yanada kengaytirish, shuningdek, ispan tilini o’qitish bo’yicha yangi ta’lim yo’nalishlarini joriy etish kabi masalalar muhokama qilindi.
Jarayon davomida barcha oliygoh rektorlari o’zlari faoliyat olib borayotgan institut va universitetlar to’g’risida batafsil taqdimotlar qilishdi. Unda Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari ham faol qatnashishdi.








SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
