Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida mintaqada yetakchi oliygoh bo‘lib kelmoqda desak, mubolag‘a emas. Negaki, bugungi kunga qadar institut 100 ga yaqin nufuzli xorijiy oliygohlar va ta’lim tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini davom ettirib kelmoqda. Indoneziya oliy ta’lim muassasalari va ta’lim tashkilotlari ham shular jumlasidandir.
Shu munosabat bilan, bugun, 2-may kuni Indoneziya Pedagogika universiteti Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i janob Haipan Salam boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi. Jumladan, institut rektori Ilhomjon To’xtasinov hamda delegatsiya ishtirokchilari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Samarqand davlat chet tillar institutida indonez tilini ikkinchi til sifatida o'qitishni yo'lga qo'yish borasida muzokaralar olib borildi. Shuningdek, talabalar va o'qituvchilar almashinuvini yo’lga qo’yish bo'yicha hamkorlik Memorandumini imzolashga kelishildi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
