Qo'shma ta'lim dasturlari fakulteti “Filologiya va tillarni o'qitish: koreys tili yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq davra suhbati tashkil etildi.
Unda ota-onalarga institut rahbarlari, institut ichki-tartib qoidalari, shuningdek, kredik-modul tizimi, hemis platformasi hamda nomdor stipendiyalar haqida atroflicha ma'lumotlar berildi. Jumladan, jarayonda institutning o'quv ishlari bo'yicha prorektori Fazliddin Ro'ziqulov ham ishtirok etdi.
Jumladan, mas’ullar tomonidan ota-onalarga farzandlariga befarq bo'lmasligi, darslarga o'z vaqtida kelishlari hamda darslarda faol ishtirok etishlari haqida ko'rsatmalar berildi. Uchrashuv davomida farzandlarining yil davomida o’quv jarayonidagi ishtiroki, fan olimpiadalari, xalqaro va respublika miqiyosida o’tkazilayotgan tanlovlarda erishgan yutuqlari, egallab borayotgan bilim va ko’nikmalari kabilar muhokama qilindi.
Uchrashuv so'ngida esa ota-onalar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mas’ullardan atroflicha javob olishdi va farzandlarining tyutorlari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lishlari kerakligi alohida ta’kidlandi.




SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
