“WORLD EDU 2023” XALQARO KOʻRGAZMASI BO’LIB O’TMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-apreldagi 02l16-393-son xatiga asosan 11/12 may kunlari Samarqand shahridagi "SOF EXPO SAMARKAND" koʻrgazmalar majmuasida “WORLD EDU 2023” xalqaro koʻrgazmasi bo’lib o’tmoqda.

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun Samarqand davlat chet tillar instituti va "SOF EXPO SAMARKAND" o‘rtasida shartnoma imzolangan bo’lib, unda  Samarqand davlat chet tillar instituti jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmada institut professor-o‘qituvchilari va magistr hamda talabalari tomonidan tayyorlangan 14 ta loyihalar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, institut haqida video rolik, loyihalar to‘g‘risida bannerlar tayyorlangan va ko‘rgazma o‘tkaziladigan joyda ommaga havol etilmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati 

 

Share:
2023-05-11 20:25:43 172