Samarqand davlat chet tillar institutida xorijlik talabalar uchun navbatdagi "O'zbek tili va madaniyati" maxsus kursi yakuniga yetdi

Xabaringiz bor, Samarqand davlat chet tillar instituti xorijiy universitetlar va tashkilotlar bilan hamkorlikda "O'zbek tili va madaniyati" maxsus kurslari va yozgi maktablar faoliyati muntazam tashkil etilib kelmoqda.

Jumladan, bugun, 10-may kuni AQShning Indiana universiteti (Indiana University Bloomington)ning 8 nafar talabalari uchun maxsus o'quv kursi boshlangan edi. 

Maxsus kurs doirasida, xorijlik talabalarga institut o'qituvchilari tomonidan nafaqat o'zbek tili darslari, balki o'zbek milliy madaniyati, urf-odatlar, O'zbekiston tarixi va geografiyasi kabi mavzularda darslar o'tildi, ma'ruzalar qilindi. Kurs yakunida xorijlik talabalarga seritfikatlar taqdim qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati
Share:
2023-05-22 18:37:26 162