ILMIY TADQIQOTCHILAR UCHUN ILMIY METODOLOGIK SEMINAR O’TKAZILDI

Bugun, 23-may kuni Samarqand davlat chet tillar institutida filologiya fanlar doktori, professor  Nafisa Nasrullayeva tomonidan ilmiy tadqiqotchilar uchun “Ilmiy ish natijalarining chop etilishi” mavzusida ilmiy metodologik seminar o’tkazildi.

Seminarda ilmiy tezis va ilmiy maqola yozish qoidalari, ilmiy ishlar chop etilishining talablari, antiplagiat masalasi hamda originallikni ko‘tarish uslublari kabi masalalar muhokama qilindi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-05-23 21:26:26 152