Ingliz tili-II fakultetining “Gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari” kafedrasi oʻqituvchilari Bahodir Normoʻminov va Mamlakatxon Nurmatovalar birgalikda Ingliz tili-I fakultetida faoliyat olib boruvchi tyutorlar hamda tahsil oluvchi talabalar ishtirokida ijtimoiy psixologik muhitni aniqlash hamda ularda ruhiyatidagi oʻzgarishlar bilan ishlash yuzasidan psixologik trening o’tkazildi.
Jarayon davomida psixologik testlar va soʻrovnomalar olinib, aniqlangan holatlar boʻyicha ruhiyatida oʻzgarishi bor boʻlgan talabalar bilan individual tarzda suhbatlar olib borildi. Shuningdek, fakultet tyutorlariga talabalar bilan ishlashda muloqot jarayonida duch kelishi mumkin boʻlgan muammoli vaziyatlarni oqilona hal etish borasida yetarlicha tushunchalarga ega bo’lishlari uchun “Kasbiy faoliyatda muloqot” mavzusida suhbat ham tashkil etildi.






SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
