Yakuniy davlat attestatsiya sinovlari inson omilining ishtirokisiz o’tkazilmoqda

Xabaringiz bor, bugun, 1-iyun kuni Samarqand davlat chet tillar institutida yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarining o’tkazilish jarayonlari boshlandi. Aytish joiz, yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari hamda a’zolariga o’z faoliyatlarini to’laqonli amalga oshirishlari uchun zarur shart-sharoitlar tashkil etilgan.

Jarayon boshlanishidan oldin institut rektori Ilhomjon To’xtasinov ishtirokida komissiya a’zolari bitiruvchi talabalar bilan uchrashishdi hamda ularga yakuniy davlat attestatsiya sinovlari, bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyasi himoyalarini muvaffaqiyatli o’tkazishida omad yor bo’lishini ta’kidlab o’tishdi.

Guvohi bo’lganingizdek, jarayon shaffofligini ta’minlash maqsadida YaDA sinovlari institutning Moodle ta’lim platformasida inson omilining ishtirokisiz kompyuterda tashkil etilmoqda va holat onlayn transilatsiya qilinmoqda. Barcha qiziquvchilar, ota-onalar va boshqalar onlayn tarzda sinov jarayonlarini kuzatishlari mumkin bo’ladi.

SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2023-06-01 12:05:40 255